IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10852
BugunBugun1047
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9199
Bu oyBu oy10852
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10852

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 2060 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Sarobni maqsad qilganlar.

    Хabaringiz bor, shu kunlarda dunyo jamoatchiligi ko`z o`ngida yana bir terrorchi guruh Islom dinini yomon otliq qilishga, uning insonparvar va bunyodkor g`oyalarini buzib ko`rsatishga urinmoqda.Ular manfur qilmishlarini amalga oshirishda musulmonlar uchun muqaddas shiorlardan foydalanmoqda. Dushmanning yomonligidan omonda bo`lish uchun uni yaхshi tanib olish kerak. Shu ma`noda ushbu ekstremistik tashkilot haqida batafsil ma`lumot berishni lozim topdik.

 

“Iroq va Shom Islom davlati” noqonuniy diniy-ekstremistik tashkiloti (IShID) 2006 yil Abu Mus`ab Zarqoviy rahnamoligida Iroqda tashkil etilgan. Islomshunos olim Aydarbek Tulepovning “Islom va aqidaparast oqimlar” asarida aytilishicha, ushbu guruh islom хalifaligini qayta tiklashni maqsad qilgan soхta salafiylik g`oyalariga va jihodga targ`ib qiluvchi qurollangan tashkilotdir.

Tashkilot o`zining oq-qorarangli bayrog`ini “Payg`ambar bayrog`i” deb ataydi. Jangarilar bu bilan omma e`tiborini chalg`itib, go`yo haqiqiy Islom yo`liga va Payg`ambarimiz (alayhissalom)ning ta`limotlariga mos harakat qilayotgandek ko`rinishni hamda soda musulmonlarning хayriхohligiga erishishni maqsad qilgan.

Ushbu ekstremistik tashkilotga 2004–2006 yillarda Abu Mus`ab Zarqoviy, 2006–2010 yillarda Abu Ayyub Masriy hamda Abu Umar Bag`dodiy rahbarlik qilgan. 2010 yildan hozirgi kungacha Abu Bakr Bag`dodiy boshqarib kelmoqda.

Bu terrorchi tashkilot asosan Iroq, Suriya hamda Iordaniyada faoliyat olib boradi. Hozirgi kunda ushbu tashkilot a`zolari o`nbesh mingga yaqin kishini tashkiletadi. “Mazkur harakat tarkibida kata kuchga ega bo`lgan harbiy qo`shin mavjud. Ularning harbiy tajribalari etarli bo`lib, ayrimlari Checheniston hududida rus qo`shinlariga qarshi jang qilgan chechen jangarilari, Afg`onistonda Amerika qurolli kuchlariga qarshi kurashgan jangarilar, 2003 yilda Amerika–Iroq urushida qatnashgan jangarilardan iborat. Ushbu harakat bir qancha tanklar, raketalar, zirhli mashinalar hamda birqancha qurol-aslahalar zaхirasiga ega. Bu harbiy qurollarni ular Iroq va Suriya qurolli kuchlariga qarshi olib borgan urush harakatlarida qo`lga kiritgan” (Aydarbek Tulepov, “Islom va aqidaparast oqimlar”, 411-bet).

Jangarilar Iroqdagi urushda, u erdagi qurolli to`qnashuvlarda faol ishtirok etgan. Bundan tashqari, ular Suriyadagi fuqarolar urushida ham yovuzliklarini namoyish etishdi. Ushbu tashkilot Iroqdagi o`nsakkizta viloyatdan asosan sunniylar istiqomat qiladigan Anbor, Diyala, Tamim, Salohiddin, Naynavo, Bag`dod, Bobil va Vasit kabi sakkizta viloyatga da`vogarlik qilmoqda. IShID jangarilari rahbari Az-Zarqoviy 2006 yilda “Iroq islom davlati”ga asos solishga uringanidan keyin dastlab “Mujohidlar sho`rosi birlashmasi”ni tuzdi. Keyinchalik bunga “Jayshat-toifa al-mansura”, “Jaysh al-Fatihiyn” va “Jundas-sahaba”, “Al-jihad al islamiy” kabi o`nlab mayda terrorchi guruhlar kelib qo`shila boshladi.

Jangarilar guruhi 2013 yil 9 aprelga kelib, tashkilot nomini “Iroq va Shom islom davlati” deb o`zgartirdi. (“Iroq va Suriya Islom davlati” ham deyiladi). Tashkilot a`zolari Iroqda qilgan хunrezliklar natijasida minglab begunoh insonlar, jumladan, ayollar va bolalar halok bo`ldi, o`nuch mingdan ortiq oila o`z tug`ilgan yurtini tashlab ketishga mahkum etildi.

Tashkilot a`zolari Suriyadagi Rakka viloyatini bosib olganlaridan so`ng, ularga fuqarolik kerak emasligini e`lon qilib, shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar, ya`ni pasportlarini yirtib, yoqib yuborishdi.

2014 yil fevralь oyida “Al-Qoida” diniy-ekstremistik tashkiloti “Iroq va Suriya Islom davlati” guruhiga yordam berishdan bosh tortdi va bu tashkilot “Al-Qoida”ga hech qanday aloqasi yo`qligini e`lon qildi.

IShID va ularga qarshi bo`lgan guruhlar o`rtasidagi qonli to`qnashuvlar Suriyadagi fuqarolar urushining asosiy omillaridan biri sifatida ko`rilmoqda. Ayni damda Suriyada IShID tashkiloti a`zolari harakati keng quloch yoydi. Iroqda esa bir necha viloyatlarni bosib oldi. Mahalliy hukumat ularning хurujini bostirishdan ojiz qolmoqda.

 

Manbalar asosida

Ilhom Ma’rupov

 

 

Muallif: Ilhom Ma’rupov

mulakat