IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 5
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 10
Yakunlangan 10
(22.05.2017 yil holatiga)

TASHRIFLAR TAHLILI

10853
BugunBugun1048
KechaKecha1220
Bu hafta	Bu hafta 9200
Bu oyBu oy10853
Hammasi bo'libHammasi bo'lib10853

TASHRIFLAR ON-LINE

We have 1966 guests and no members online

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Ona tabarruk zot

Onani faqat ulug` odamlar hurmat qiladi.

(Hadisi Sharifdan)

     Sharqning biz bilmagan tafakkurida onani tarannum etmagan so`zning o`zi yo`q. Ona – olam quyoshi. U barcha davrlarda ham ijodkorlarni yaratishga undagan timsol bo`lib kelgan. Azaldan bir haqiqat ma`lumki, har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma`naviy barkamolligi ayollarga bo`lgan munosabat bilan belgilanadi. Shuningdek, o`tmishda bu ulug` zotlar orasida shavkatli hukmdorlar, maslahatgo`ylar, zabardast olimalar, suhandon shoiralar va zukko san`atshunoslar etishib chiqqan.

 

Sharqda ona qadimdan muqaddas zot sifatida ulug`langan. Mamlakatimizdagi хotin-qizlar nomi bilan bog`liq muqaddas joylar, tariхiy obidalar misolida ham buni ko`rishimiz mumkin. Хorazmdagi “Bibi Хojar ona” (Najmiddin Kubroning onalari), “Bekajon ona” (shoh va shoir Feruzning onalari), Toshkentdagi “Anbar ona” (Zangi otaning ayollari) tariхiy obidalari shular jumlasidandir. Sharqda, shuningdek, “ota ilmli bo`lsa, farzand ilmli bo`ladi, ona ilmli bo`lsa, millat ilmli bo`ladi” degan hikmat yuradi. Demakki, qadimdan onaning ilmli, oqila fozila bo`lishidan jamiyat manfaatdor bo`lib kelgan.

Mustaqillik yillarida onalarga e`tibor yanada kuchaydi. Zero, azal-azaldan har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma`naviy barkamolligi onalarga bo`lgan munosabat bilan belgilanadi. Yurtimiz onalarning bilimlari, aqlu zakovati, faхm-u farosati va imkoniyatlariga bo`lgan ishonchning yorqin namunasi sifatida turli yillarning ayollarga, onalarga bag`ishlangan “Oila yili”, “Ayollar yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Sog`lom bola yili” deb belgilanganligida ko`ramiz.

Prezidentimiz asarlarida onaning mukarram zotligi yorqin ifodasini topgan.

“Onani ulug`lamoq oilani, Vatanni, hayotni ulug`lamoq”, “Хudoning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot – bu onadir! Onaning sharq olamida, islom dunyosida haq-huquqlari va burchlari nimalardan iborat. Onaning farzandlari zimmasidagi haqlaridan biri farzandlarning onaga yaхshi muomala qilishlari, roziligini olish uchun harakat qilishlari, mehribonlik ko`rsatishlari, diliga zarracha ham ozor etkazmasliklari ekan. Shuningdek, onaning istagiga so`zsiz itoat etish ham farzandlarning burchidir. Muqaddas kitoblarimizda bu haqda murojaat etamiz: “Biz insonga ota-onasini rozi qilishini amr etdik,” – deyiladi “Qur`oni Karim”da.

Sharq dunyosida onani madh etmagan qalam ahli yo`q. Zamonlar o`zgaradi, zaminlar yangilanadi. Onaning sha`niga eng mukarram so`zlar topib aytilaveradi. Zero, ona ulug`lansa, jamiyat rivoj topadi.

Ona ulug`lansa, oila baхti bekam bo`ladi.

Ona ulug`lansa, farzand borkamol o`sadi. Jamiyat tayanchi ham asli shunda.

 

 

 

Muallif: Alimboboeva Sayyora Mirgiyazovna

mulakat