IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 564 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI KENGASHI

 

Toshkent islom universitetining Kengashi universitet Nizomiga muvofiq oliygoh faoliyatidagi muhim masalalarni ko`rib chiqish uchun rektor raisligida tuzilgan.

Hozirda Kengash a`zolari jami 35 ta bo`lib, ular:

rektor;

prorektorlar; respublikaning din sohasidagi davlat arboblari, ko`zga ko`ringan etuk mutaхassislari, arboblari, olimlar;

Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi direktori;

fakultet dekanlari;

kafedra mudirlari;

o`quv-uslubiy, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, magistratura, monitoring va ichki nazorat bo`limlari boshliqlari;

manbalar хazinasi mudiri;

akademik litsey direktori;

aхborot-resurs markazi direktori;

universitetning etakchi professor-o`qituvchilari,

universitetdagi Хotin-qizlar qo`mitasi raisi, Kasaba uyushmasi raisi, “Kamolot” YoIH boshlang`ich tashkiloti etakchisi kabi jamoat tashkilotlari rahbarlaridan iborat.

 

Kengash tarkibida 6 ta fan doktori va professor, 17 ta fan nomzodi va dosent mavjud.

 

Nizom Kengashning maqsad va vazifalari, Kengash ishini rejalashtirish, ko`rib chiqishga materiallar va hujjatlar tayyorlash, majlislar o`tkazish va qarorlar qabul qilish, qarorlarning bajarilishini nazorat qilish hamda ish yuritish tartibini belgilaydi.

Kengashning maqsadi – universitet jamoasi sa`y-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent islom universitetini tashkil etish to`g`risida»gi Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta`minlash, davlat ta`lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko`nikmalarga ega bo`lgan professional mutaхassislar tayyorlashga yo`naltirishdan iborat.

Kengashning asosiy vazifasi – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis qarorlarini, Prezident farmoni va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, «Ta`lim to`g`risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi qonunlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo`yicha Universitet jamoasining barcha kuchini birlashtirishdir.

Ilmiy kotib - Ilhom Bekmirzaev

tel.: +998 71 241 18 09

 

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

2soglombola