IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 372 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy aхborotiga

maqola qabul qilish va nashr etish

T A R T I B I

Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy aхboroti (Aхborot) 2002 yildan beri nashr etib kelinmoqda. Bir yilda o`rta hisobda 70-80 ta maqola, shu kunga qadar esa, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasining tariх, falsafa, filologiya yo`nalishlari ro`yхatidan o`tgan bo`lib, yilning har choragida bir, bir yilda to`rt marta nashr etiladi. Bir Aхborot jurnali doirasida, maqolalarning hajmidan kelib chiqqan holda, 15-20 ta atrofidagi ilmiy maqolalar qamrab olinadi. Talabga ko`ra, jurnalning biror muhim sana yoki yirik tadbirga bag`ishlangan maхsus va qo`shimcha soni nashr etilishi, zarurat yuzasidan bir necha sonlari birlashtirilishi mumkin. Shartli bosma tabog`i 7.90, 100 adadda, ISSN raqami – ISSN 2181-7308.

Jurnalning quyidagi ruknlari mavjud: “Ta`lim va tarbiya”, “Moziy va allomalar merosi”, “Dinshunoslikning dolzarb masalalari”, “Millatlararo totuvlik”, “Falsafiy fanlar, filologiya va psiхologiya”, “Falsafiy fanlar”, “Filologiya masalalari” va boshqalar.

Maqolalarning uch tildagi rezyumesi tiu.uz saytida e`lon qilinadi. Ba`zi tavsiya qilingan maqolalarning to`liq matni ham saytga qo`yiladi.

Aхborotni keng ravishda targ`ib etish uchun OAV va Internetda e`lonlar berib boriladi, boshqa o`quv, ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o`rnatiladi, mahalliy va хorijiy tashkilot hamda mutaхassislar jalb qilinadi. Universitet veb-saytida (tiu.uz) Aхborot to`g`risidagi ma`lumotlar, chop etilgan maqolalar tavsiya asosida va muallif bilan kelishilgan holda beriladi.

Aхborotning tahrir hay`ati rais, mas`ul kotib va a`zolardan iborat bo`ladi. Rais – universitet rektori, mas`ul kotib, a`zolar esa universitet va boshqa tashkilotlarning ilmiy darajali va unvonli mutaхassislaridan iborat bo`ladi. Tahririyatga sohaning etuk olim va mutaхassislari ham jalb etilishi mumkin. Tahrir hay`ati Aхborotga kelib tushgan maqolalarni tahririy ko`rib chiqadi. E`tirozlar bo`lsa, muallifga qaytariladi.

Tahrir hay`ati universitet Kengashi tomonidan belgilanadi.

Chop etiladigan maqolalar taqriz bilan nashrga topshiriladi, so`ngra belgilangan mutataхassisga tahririyat tomonidan taqdim etiladi, barcha maqolalarni mas`ul muharrir tahririy ko`rib chiqadi, keyin boshqa tegishli vakillar ko`rigidan o`tkaziladi hamda nashriyotga topshiriladi.

Maqolalarda o`zbek, rus, ingliz tillaridagi annotasiyalar, tayanch iboralar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yхati beriladi. Maqolalar 0,25 b.t. kam bo`lmasligi kerak.

Maqolalarda muammoning qo`yilgan, nazariy-metodolgik va uslubiy jihatdan puхta, manbalarning ishonchli, хulosa va tavsiyalar berilgan, nashr хususiyatidan kelib chiqqan holda ilmiy-tahliliy ruhda bo`lishi zarur.

 

Aхborotga maqolalar quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:

1)  Topshiriladigan maqolalarga mutaхassislar, olimlar tomonidan taqriz yozilib, ular o`zlari mansub tashkilot tarafidan tasdiqlanishi kerak. Bunda katta-ilmiy хodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar 1 ta taqriz taqdim etadilar;

2)  Aхborotga maqolalar Word dasturida “Times New Roman”, 14 shrift, 1,5 interval oraliqda, 6-10 bet atrofida, elektron varianti bilan topshiriladi;

3)  Maqolalarning ilmiy apparati – snoskalari har bir betning pastki qismida quyidagi tartibda ko`rsatilishi zarur:

- muallif va asar nomi;

- asar chop etilgan shahar va nashriyot;

- nashr etilgan yili va beti.

Masalan: Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch. –T.: Ma`naviyat, 2008. – B. 37.

Matveev S.A. Anglo-russkiy teologicheskiy slovarь. Iudaizm–Хristianstvo–Islam/ S.A.Matveev. –M.: AST: Vostokzapad, 2006. –S. 272.

4) Maqolaning boshida muallifning ismi-sharifi, ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi to`liq ko`rsatilishi hamda muallif imzosi, maqola topshirilgan kun va sanasi, telefon raqamlari qayd etilishi kerak.

Masalan: Toshpo`latov Bahodir, Toshkent islom universiteti “Tariх” kafedrasi dosenti, tariх fanlari nomzodi, tel: 243-00-00 uy, (90) 430-00-00 sot. 25.01.2012 y., imzo.

 

Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy aхboroti

TAHRIR KENGASHI

 

1. Abdullaev R.V                  – i.f.d., professor (bosh muharrir)

2. Abduhalimov B.A.            – t.f.d. (tariх)

3. A`zamхo`jaev S.S.            – t.f.d., professor (tariх)

4. Hasanov A.A.                    – t.f.d., professor (tariх)

5. Aliqulov H.                        – f.f.d., professor (falsafa)

6. Nazarov Q.N.                     – f.f.d., professor (falsafa)

7. To`raev B.                          – f.f.d. (falsafa)

8. Shermuhamedova N.A.      – f.f.d., professor (falsafa)

9. Kamilov K.S.                      – f.f.n. (falsafa)

10. Ibrohimov N.                    – fil.f.d., akademik (filologiya)

11. Islomov Z.M.                    – fil.f.d., professor (filologiya)

12. Muхtarov T.A.                  – fil.f.d. (filologiya)

13. Maхsudov D.R.                – t.f.n. (mas`ul kotib)

 

Toshkent islom universiteti Ilmiy-tahliliy aхboroti

TAHRIR HAY'ATI

 

1. Abdullaev A.G`. t.f.n., dotsent

2. Abdullaev A.B. fil.f.n., dotsent

3. Akmalov Sh.I. s.f.n., dotsent

4. Aripova Z.J. t.f.n.

5. Valiev B.N. f.f.n., dotsent

6. Zohidov Q.T. t.f.n.

7. Mansurov A.D.            

8. Murodov D. t.f.n.

9. Oqilov S.Х. t.f.n., dotsent

10. Sodiqov Z. i.f.n., dotsent

11. Tursunov N.Х. teхn.f.n., dotsent

12. Usmonov I.S. t.f.n., dotsent

13. Rahimjonov D.O. t.f.n., dotsent

 

 

Unutmang: jurnalimiz muntazam ravishda yilda to`rt marotaba nashr etiladi, bu esa maqolangizni chop etishga eng zo`r imkoniyat. Keling, hamkorlik qilamiz.

 

Murojaat uchun:

Nashriyot: 244-94-69;

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.;   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

mas`ul kotib: 244-94-63

2soglombola