IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 119 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

O’quv-uslubiy bo’lim

Toshkent islom universitetning o’quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo’ygan va shu asosda faoliyat olib bormoqda.

O’quv-uslubiy bo’limi universitet ta'lim jarayonini ilg’or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o’quv hujjatlari bilan ta'minlash, fakultet, kafedralar o’quv ishlarida erishgan ilg’or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

O’quv-uslubiy bo’limi talabalarni zamon talablari darajasida etuk, malakali mutaxasis bo’lib etishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o’quv jarayoniga kiritishga katta e'tibor bermoqda. U O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda boshqa oliy o’quv yurtlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

O’quv-uslubiy bo’limining maqsadi:

- Universitet ta'lim jarayonini ilg’or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tuzilmalarini davlat ta'lim standartlari va asosiy o’quv hujjatlari bilan ta'minlash;

- Universitetda o’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;

- Universitet fakultetlari va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;

- O’quv jarayonini boshqarishdagi me'yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;

- Universitet ta'limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va universitet Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;

- Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv ishlarda erishgan ilg’or yutuqlarini umumlashtirish va universitet ta'lim jarayoniga tadbiq qilish;

- Universitet professor-o’qituvchilari va talabalarining o’quv intizomiga rioya qilishini nazorat qilish;

- Universitetdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etilishini nazorat qilish va umumlashtirib tahlil qilish;

- Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini nazorat qilish;

- Universitetda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o’quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish

- Soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

- Universitet fakultet va kafedralarini o’quv masalalari bo’yicha faoliyatini tekshirish, Ilmiy kengash va rektorat topshirig’i bo’yicha fakultet tadbirlarida qatnashish;

- Fakultet dekanlarini o’quv blankalari bilan ta'minlash.

O’quv-uslubiy bo’limida o’quv-uslubiy bo’limi boshlig’I G.T.Arifjonov, nazoratchi V.Myakota, statist B.Bultakov, dispetcher S. Holmatova faoliyat olib boradi.

 

Tel.: +998 71 244 24 96

2soglombola