IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 124 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Navoiyga maktub yohud dil so‘zlarim

 Tun yozib yubordi qora zulfini, majnuntol belanchakni tebrab ohista, qurbaqa-yu chigirtkalar boshlaydi alla. Parquv bulutlarga boshini qo‘yib, hilol uxlayotir shirin, beozor. Go‘zal kanizaklar – hadsiz yulduzlar uning tegrasida qurishar davra. Sokinlik ko‘rpasin yopinib olib, mizg‘iyotir zamin tinch va osuda… faqat mening bezovta qalbim uyqu to‘rlariga ilinmaydi hech. Ichki tug‘yonlarim bo‘g‘zimdan toshib, Sizga xat bitmoqqa tutaman qalam. Siyohimning rangi etmasin hayron, siyohdonga dilim qonin ezg‘ilab to‘kdim…

Dil so‘zlaring ne deysizmi? Eshiting bobo!

Aziz bobojon! Siz betakror va boqiy siymosiz. Siz yaratgan asarlar samodek tiniq, tongdek shaffof, musiqiy ohanglar bilan yo‘g‘rilgan. Asarlaringizni o‘qir ekanmiz, har bir satringizdan o‘z xalqingizga cheksiz mehringiz, u bilan bir jon, bir tan ekaningizni anglash qiyin emas. Siz jozibador baytlaringiz bilan insoniyatga so‘zning sehrini, hayotning ma’nosini, saodatning eshigini ochib berayotgandeksiz. Bu gulshanda saodatning kaliti odamlarga yaxshilik qilishda ekanligini anglatdingiz. O‘zingiz aytganingizdek:

Bu gulshan ichra yo‘qtur baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot.

Ulug’ ustoz! Siz g‘azal mulkining sultonisiz. Siz bir umr:

Odamiy ersang demagil odami,

Onikim yo‘q xalq g’amidin g’ami”, - degan shioringizga sodiq qoldingiz.

Bobojon! Siz turk tilining o‘lgan jasadiga Masih nafasi bilan ruh – jon kirgizdingiz. Siz har bir she’r turi maydoniga topqir otingizni surar ekansiz, o‘sha mamlakatni til qilichi bilan o‘zingizga tobe etdingiz. Nazmingizni maqtashga til nuqsonli, qalam ojizdir. Bu kun nazm dunyosining maskanida qahramon sizdirsiz. Sizni bu mamlakatni qo‘lga kiritgan Sohibqiron desa bo‘ladi.

Aziz bobojon! Siz o‘z davringizdayoq buyuk daholar safidan mustahkam o‘rin olib, o‘zbek nomini jahonga mashhur qilib, ona xalqimiz timsoliga aylandingiz. Sizning ummon qadar bepoyon ijodingizdan har kim o‘z iste’dodiga yarasha bahramand bo‘ldi. Zero, sizning har baytingiz hikmatli bir kitobdir… Siz 60 yillik umingiz davomida o‘z davringizning ijtimoiy-siyosiy voqeliklarini, inson tuyg‘ularini, uning kamolini, o‘z orzu-tilaklaringizni boy adabiy-ilmiy merosingizda aks ettirdingiz. Sizning bir umrlik ijodingizni mana oradan besh yarim asr o‘tsa hamki, oxiriga yetib bora olganimiz yo‘q. Sizning ijodiy merosingizni o‘rganish hali-hanuz davom etmoqda…

Ulug‘ bobojon! Mana, siz istagan va orzu qilgan zamonlar keldi! Siz doim o‘z asarlaringiz orqali inson qanday qilib kamolotga erishmog‘i, to‘g‘ri yo‘lni qanday topmog‘i, adolatli shohning qanday bo‘lmog‘i kerakligini aytar edingiz. Mana, o‘sha niyatlaringiz ijobati… Sizning bugungi farzandlaringiz barkamol avlod, komil inson va oliyjanob kishilardir. Siz orzu qilgan odil shoh esa avlodlaringizga yo‘lboshchi, ezgu ishlarida ko‘makchi hamda oliy maqsadlari yo‘lida yelkadosh edi. O‘sha yo‘lboshchimiz sizga: “Insonni olam gultoji deb ulug‘lagan hazrat Navoiyning butun hayoti, butun ijodi zamirida ezgulik, adolat, nafosat kabi yuksak tuyg‘ular dunyoni obod va munavvar qiladi, bashariyatni ma’naviy halokatdan qutqaradi, degan qat’iy ishonch mujassam”, - deya baho bergan edilar.

Bobojon! Siz o‘z asarlaringiz bilan “Xitoydan to Xuroson”gacha yoyilgan turkiy qavmlarni “yakqalam” qildingiz. Ijodingizda 1 million 378 ming 660 ta betakror so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘lladingiz. Boisi, faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalandingiz. Hatto, Aleksandr Pushkin, Vilyam Shekspir, Migel de Servantes kabi dunyoga dong‘i ketgan ijodkorlar ham bu borada siz bilan bellashishga jur’at topa olmaydilar. Siz yozib qoldirgan durdona asarlar bugungi kunda dunyoning barcha xalqlarini maftun qilib kelmoqda. Ushbu asarlaringiz nafaqat qardosh xalqlar tillariga, balki jahon tilariga ham tarjima qilingan. Dunyo xalqlari bu durdonalaringizni sevib mutolaa qiladilar va ibrat oladilar.

Bobojon! Siz atigi ikki yilda yozib tugallagan “Xamsa” dostoningizni mana, necha yillar, necha asrlar o‘tsa hamki, sevib o‘qiymiz. Xalqlarning hayratiga aylangan “Hayrat ul-abror”ni o‘qib hayratlanamiz, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”larni o‘qib, ilohiy ishq ummoniga g‘arq bo‘lamiz, “Sab’ai Sayyor”, “Saddi Iskandariy”larni o‘qib ibrat olamiz. Siz yoshligingida o‘qib, yodlab olgan – Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asariga javoban yozgan “Lison ut-tayr” asaringizni o‘qib, hayot haqiqatini anglaymiz…

Bobojon! Siz qurdirgan xonaqohlar, masjid, madrasa, ko’priklar-u yo‘llar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Garchi ularning barchasidan hozirda foydalanmasak-da, bu inshootlar biz – avlodlaringizni ezgulikka, bunyodkorlikka va savob amallarni bajarishga chorlaydi.

 Bobojon! Siz qoldirgan ma’naviy meros – nodir asarlaringiz mangulikka dahldor. Nomingiz esa boqiylikka muhrlangandir.

             

Nilufar Obidjonova,

 “Dinshunoslik” yo‘nalishi 2-kurs talabasi

2soglombola