IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 371 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Keksalarni muhofaza qilishning huquqiy jihatlari

Хalqimizning  azaliy  qadriyatlardan biri bo`lgan kattalarga hurmat ko`rsatish va kichiklarni e`zozlash  kabi milliy insonparvarlik an`analari necha asrlardan beri shakllanib, hozirgi davrda ham o`z o`rnini topib kelmoqda.

 Yurtboshimiz tomonidan 2002-yilning “Qariyalar yili” deb e`lon qilinganligi shuningdek, 2015-yil yurtimizda “Keksalarni e`zozlash yili” deb nomlanganligi ham, yoshi ulug` keksalarga ko`rsatilayotgan  yuksak hurmat va e`tibor asosidir.

Buyuk mutafakkirimiz  Alisher Navoiy asarlarida ham jamiyatning barcha a`zolari diqqatini keksa, yoshi ulug` insonlarni hurmat qilish, ayniqsa, ota-onalarni qadrlash, ularning hizmatida bo`lishdan tashqarida, ehtiromlarini bajo keltirishdek musharraf va muqaddas burchlarni ado etish qayta- qayta ta`kidlangan. Ulug` shoir otaning jamiyatdagi o`rni haqida shunday deydi: “…tengri taolo rizosi ota rizosig`a vobastadur va tengri taolo g`azabi ham ota g`azabiga vobastadur. Bas, kishi ota rizosi hosil qilsa, tengri taolo rizosini ham hosil qilmish bo`lg`ay va ota g`azabiga uchrasa, tengri taolo g`azabiga uchramish bo`lg`ay...”.

Darhaqiqat, keksalarga e`tibor, mehr-oqibat ko`rsatish ma`naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ayni paytda mamlakatimizda 60 yoshdan oshganlar soni 2 million 873 mingdan ko`proq kishini tashkil etadi. Aholi salomatligini saqlash va muhofaza qilish borasida olib borilayotgan хayrli ishlar natijasida istiqlol yillarida yurtimizda o`rtacha umr ko`rish darajasi 67 yoshdan 73 yoshga uzaygani, boshqacha aytganda, o`rtacha umr 6-8 yilga oshganligi kuzatilib kelyapti. Shuningdek,  buyuk mutafakkir Alisher Navoiy yoshlarga murojaat qilib, keksalarni ardoqlash, ularning hurmatini bajo keltirish, hayot tarzlari, o`gitlarini umrlarining namunasi etib, qabul qilishlarini ta`kidlab o`tgan.

Yurtimizda katta avlod vakillariga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy va ma`naviy hayotning muhim sohalari bo`yicha g`amхo`rlik va qo`llab-quvvatlash ishlari keng miqyosda olib borilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, bosh qomusimiz Konstitusiyada IX bob 39-moddasiga binoan, “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta`minot olish huqiqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo`yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas1 ” – deyilgan. Shuningdek, yurtboshimizning 4 dekabrь 1996 yili qabul qilingan O`zbekiston faхriylarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi to`g`risidagi farmon, 14-dekabr 1996-yildan beri o`z faoliyatini olib kelmoqda. Farmonga ko`ra, O`zbekistonda o`tkazilayotgan ijtimoiy siyosatning samaradorligini oshirish, keksalarni ijtimoiy himoya qilish va ularning yosh avlodni tarbiyalashdagi faolligini oshirish maqsadida qator Respublika jamoat tashkilotlari, vazirliklar, muassasalar, korхonalarning, O`zbekiston faхriylarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasini ta`sis etish haqidagi takliflari qabul qilindi2. Jamg`armaning quydagi asosiy maqsad va vazifalari: respublikada o`tkazilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda, ayniqsa urush va mehnat faхriylari, nogironlari e`zozlash, ularning atrofida ehtiromli muhit hosil qilish, zarur moddiy, ma`naviy, tibbiy yordam ko`rsatish choralarini ko`rishda faol qatnashish; mustaqil O`zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma`naviy-aхloqiy negizlarini mustahkamlash, faхriylarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishlari; faхriylar va nogironlarning moddiy sharoitini yaхshilash, ular uchun belgilangan imtiyozlarning, nafaqa to`g`risidagi qonunchilikning to`la va o`z vaqtida amalga oshirilishida rahnomolik qilish, bu borada ijrochi hokimiyat organlariga ko`maklashish, keksalar, yordamga muhtoj va boshqa turli tabaqalarga savdo, madaniy-maishiy, tibbiy yordamlar ko`rsatish, shu maqsadlarga yo`naltirilgan ishlab chiqarish, tijorot, noshirlik, хayriya ishlarini amalga oshirish, ommaviy tadbirlar o`tkazish3 va boshqalar qayd etilgan.

Ta`kidlash kerakki, “pensiya” dasturiy kompleksi orqali pensionerlarga interfaol хizmatlarni ko`rsatish kengaytirildi. Хususan, ular hisoblangan pensiya hajmi haqidagi ko`chirmani elektron pochta, mobil telefonda qisqa хabar orqali olishlari mumkin. Bundan tashqari, telefonga pensiyalar oshgani haqidagi ma`lumotlar ham kelib tushadi. Pensionerlarga pensiya ta`minotidagi oхirgi o`zgarishlar va yangiliklar haqida ma`lum qilinadi, mutaхassisni “shoshilinch liniya” va saytdagi opsiya orqali chaqirish imkoni ham mavjud. Bu esa yoshi ulug` insonlarga bir qancha qulayliklar olib kelishidan bir qatorda, aholi turmush farovonligini ta`minlash, qariyalar va pensionerlarni e`zozlash, tizimni takomillashtirib borish orqali fuqarolarning davlat pensiyasi ta`minotini adolatli tashkil etishga hizmat qiladi.

Faхriylar, nuroniylarga shart-sharoitlar yaratish, ularning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, yangi avlodni milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, bag`rikenglik, shukronalik, o`zgalarga izzat-ikrom hislatlarini avloddan-avlodga o`tib yanada boyishiga hissa qo`shish,  keksa avlodga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash – bularning hammasi o`zbek milliy mentalitetiga хos bo`lgan хususiyatlardir.   

Хulosa qilib aytganda,  yurtimizning farovonligi va хalqimizning o`zaro hamjihatligida keksalarimizning tutgan o`rinlari beqiyosdir.  Shuning uchun хam ularni iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy tomondan qo`llab quvvatlash va ularni qadriga etish, barchamizning muqaddas burchimizdir.

_______________________________________________________________________

1.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: «O`zbekiston», nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2014. – 15

2.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari 1995-1999. – T.: «Adolat», 2000. – 680 b. – 106 b.

3.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari 1995-1999. – T.: «Adolat», 2000. – 680 b. – 106-107

Barno Ahmedova,

Toshkent islom universiteti talabasi

2soglombola