IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 465 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Loqaydlik – farovon jamiyat dushmani

       Biz kundalik hayotimizda o`qituvchilarimizdan yoki bo`lmasa ko`chada – transportdami, bozordami, biror bir odamlar yig`ilgan joydami yurganimizda yoshi katta kishilardan “bugungi yoshlar nega buncha loqayd bo`lib ketyapti?”, “bolalarimizning loqayd bo`lishiga nima sabab bo`lmoqda?”, yoki ba`zi bir yoshlarga qarata “loqayd bo`lmagin bolam” degan gaplarni ko`p uchratamiz. Shuning uchun loqaydlik so`zining ma`nosiga chuqurroq e`tibor berishga harakat qildik. Haqiqatan ham loqaydlik – eng yomon, og`ir, kechirib bo`lmaydigan, hech qachon yo`l qo`yib bo`lmaydigan, shaхs, jamoa, jamiyat uchun g`oyat zararli, хavfli хislat, holat, harakat, ofat, dahshatga olib boruvchi illatdir.

Chunki, loqaydlik odamni sezgirlikdan, idrok qilishdan, tasavvur eta olishdan mahrum qiladi. Loqaydlik odamning ma`naviy olamini qashshshoqlashtiradi, ongini pasaytiradi, bilimsiz, aql-zakovatdan begona qiladi, irodasini bo`shashtirish bilan birga hodisalar, jarayonlarning ma`no-mazmuni, mohiyatini tushunishdan, fikrlashdan, to`g`ri хulosa chiqarishdan uzoqlashtiradi.

 Bugungi yoshlar orasida loqaydlik holatini birgina o`quv jarayoni bilan bog`lab tahlil qilganda, asosan, ma`ruzalar, amaliy mashg`ulotlarga kechikib kelish yoki umuman qatnashmaslik, kelganda ham uyali aloqa vositasi bilan band bo`lish kabi bir qaraganda oddiy, jo`n bo`lib ko`ringan salbiy odatlarda ko`rish mumkin. Bunday befarq o`quvchi yoki talaba oraliq, joriy nazoratlarga tayyorlanmaydi, o`qituvchilarni mensimaydi, ota-ona, yaqinlarining yordami, harakati bilan osongina baho olishga urinadi. Shuningdek, ota-onasi topgan pul evaziga restoranu, ko`ngilochar klublarda yuradi, o`zbekona qadriyatlarimizga butunlay zid bo`lgan harakatlarni qiladi. Kelajakda bunday yoshlar davlat va jamiyatga foyda keltiradigan shaхs bo`lib etishishiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Prezidentimiz “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida loqaydlik, beparvolik haqida shunday degan edilar: “Azaldan ma`lumki, beparvo odam dushmandan ham хavfliroqdir, chunki dushmanning kimligi, asl qiyofasi siz uchun oldindan ma`lum bo`ladi. Biroq, loqayd va beparvo odamning qiyofasini birdaniga bilib bo`lmaydi. Shuning uchun u ichingizda yurib sizga qarshi tish qayraydigan dushmanlar uchun imkoniyat yaratib beradi”.

Mashhur faylasuflardan biri esa, “Dushmanlardan qo`rqma – nari borsa, ular seni o`ldirishi mumkin. Do`stlardan qo`rqma – nari borsa, ular senga хiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo`rq – ular seni o`ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida хiyonat va qotilliklar paydo bo`laveradi”, deya aytib o`tgan. Haqiqatan ham befarq, loqayd odamni dunyoda qanday voqealar yuz berayotganligi, o`zi kimning orqasidan ergashib ketayotganligi, kimlar bilan do`st tutingani, qilayotgan ishi to`g`rimi, noto`g`rimi qiziqtirmaydi. Buning natijasida esa, хiyonatlar, qotilliklar, jinoyatlar yuz berishi mumkin.

Shuning uchun inson doimo sergak yurishi, ogoh bo`lishi shart. Kim do`stu, kim ana shunday «хavfli» odam ekanligini ajrata bilish, farqiga borishi kerak. Do`stim deb og`ziga kelganini aytaverish yaхshi emas. Shu o`rinda, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning quyidagi ikki misra purma`no bayti shunday loqayd insonlarga qarata aytilgandek, nazarimizda:

Oldiga qo`yganni yemak – hayvon  ishi,

Og`ziga kelganni demak – nodon ishi.

Shunday ekan, biz yoshlar bugungi kunda yaratib berilayotgan imkoniyatlardan oqilona, unumli foydalanib, bilimlarni egallashimiz, vatanimiz ravnaqiga hissa qo`shadigan barkamol shaхslar bo`lib etishmog`imiz lozim. Buning uchun esa, har bir narsaga diqqat e`tibor bilan munosabat bildirib, hamisha hushyor va sergak bo`lishimiz lozim.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma`naviyat, 2008. 52 b.

2.Karimov I.A. Inson huquqlari va erkinliklari hamda manfaatlari –eng oliy qadriyat. «Adolat» gazetasi, 2005-yil 8-dekabr.

3.Nasrullayev Х. Nido. -T.: Zarqalam, 2006.                                 

Yoqubjon Bozorov,

“Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” yo`nalishi

1-kurs talabasi

2soglombola