IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 570 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

 “Salafiylar” kimlar?

        Soxta salafiylik g‘oyalarining asl mohiyati nima va uning islom diniga qanchalik aloqasi bor degan savollarga javob berish uchun avval “salaf” so‘zining lug‘aviy hamda istilohiy ma’nolarini ko‘rib chiqish zarur.

“Salaf” so‘zi arab tilida “avval yashab o‘tganlar”, ”ajdodlar” degan ma’nolarni bildiradi. Ibn Manzur “Lison al-arab” kitobida “salaf” so‘zi “as-salif”, “as-salfa” kabi so‘zlarning sinonimi bo‘lib, “ilgari o‘tgan jamoa ma’nosini anglatadi”, – deb yozgan. Sam’oniy bu so‘zning ma’nosi borasida shunday deydi: “salafiy – o‘zini salaflarga doir deb hisoblash va ularning mazhabiga ergashgan kishidir”.

Hofiz Zahabiy esa: “salafiy – salaflar mazhabiga ergashgan kishidir” degan ma’noni ilgari suradi. Alloh taolo Qur’oni karim “Zuxruf” surasining 55-56-oyatlarida Fir’avn va uning tarafdorlariga nisbatan shunday deydi: “Bas, qachonki, ular g‘azabimizni oshirgach, Biz ulardan intiqom oldik-barchalarini suvga g‘arq qilib yubordik. Bas, ularni keyingilar uchun o‘tmish (kishilari) va masal (naql) qilib qo‘ydik”. Oyatdagi o‘tmish (kishilari)deya tarjima qilingan so‘z arab tilidagi matnda salaf so‘zi bilan ifodalangan. Salaf so‘zi Payg‘ambar (s.a.v.)ning o‘zlariga hamda sahobiylariga nisbatan aynan lug‘atdagi ma’nosida qo‘llanilganini bir necha hadislar misolida ko‘rishimiz mumkin. Payg‘ambar (s.a.v.) qizlari Fotima (r.a.)ga shunday deganlar: “Men sen uchun yaxshi ajdodman (salafman)”. Bunday deyish orqali Payg‘ambar (s.a.v.) qizlaridan avval bu dunyoni tark etishlarini bayon qilganlar.

Bundan tashqari Payg‘ambar (s.a.v.): “Odamlarning xayrlisi(eng yaxshisi) mening davrim(odamlari)dir, keyin ularga yaqin bo‘lganlari, so‘ngra ularga yaqin bo‘lganlaridir” – dedilar.(Buxoriy va Muslim rivoyati). Ushbu hadisi sharifdan kelib chiqib, “salaf” so‘ziga “islom ummatining dastlabki uch asr ahli” degan istilohiy ma’noni berishimiz mumkin.

Muhammad (s.a.v.) zamonlarida va undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar “salafi solih”, ya’ni “solih ajdodlar” hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan “salaf” yoki “salafiy” tushunchalarini ishlatish durust emas.

O‘sha uch asr musulmonlari haqidagi “xayriyat”ning sababi, ularning payg‘ambarlik davriga eng yaqin bo‘lganlaridir. Hadisi sharifda keltirilgan “xayrli asrlar”ning dastlabkisi sahobiylar asridir. Bu asrdagi kishilar islom aqidasi va asoslarini to‘g‘ridan to‘gri Payg‘ambar (s.a.v.)dan qabul qilib olganlar. Sahobiylarda islomning ahkom va odoblari aqllariga mustahkam o‘rnashgan, bid’at-xurofotlardan xoli bo‘lgan.

“Xayrli asrlar”ning ikkinchi asri tobe’iylar davridir. Ular Payg‘ambar (s.a.v.) sahobiylariga tobe’ bo‘lganlari, ularning hidoyatiga ergashganliklari hamda sahobiylarning Payg‘ambar (s.a.v.)ni ko‘rish, u kishi bilan hammajlis bo‘lish, vasiyat va nasihatlaridan ta’sirlanib, nubuvvat ma’rifatidan bahramand bo‘lganliklari e’tiboridan “xayrli asr” sifati bilan tavsiflanadilar.

Uchinchi “xayrli asr” tobe’iylarga ergashgan taba’ tobe’iylarning davridir. Bu davr nihoyasi bilan turli bid’atlar paydo bo‘lib, ular keng tarqala boshladi. Bu holat asrlardan asrlarga o‘tib, hozirgi kunimiz qadar davom etdi. Bu haqida Anas ibn Molik (r.a) dan ikki shayx rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: Payg‘ambar(s.a.v.): “…albatta, sizlarning(boshingizga) bir zamonlar keladiki, keyingisi undanda yomonroq bo‘ladi”, –dedilar.

Salafi solihlarga ergashmoqlik, ularning ummatning davr tartibi jihatidan salafi (avvalgisi) bo‘lganlari uchungina talab qilingan emas. Balki bu talab, ularning insonlar orasida Qur’oni karimni anglash va Payg‘ambar (s.a.v.) sunnatini bilish borasida eng haqlirog‘i bo‘lganliklaridandir. Chunki ularning arab tili talaffuzi va tushunishidagi arab bo‘lmaganlarga xos bo‘lgan nuqsonlarga nisbatan, o‘z sofligini hali yo‘qotib ulgurmagan edi. Shuning uchun ular, arab tilidagi Qur’oni karim ma’no va maqsadlarini tushunish borasida insonlarning eng munosibrog‘i bo‘lgan edilar. Shuning uchun ular, insonlar ichida Payg‘ambar (s.a.v.) hayotlariga va u kishi bilan birga bo‘lishlikka eng yaqinlardan bo‘lgan edilar. Aynan mana shuning uchun ham ular Payg‘ambar (s.a.v.) taraflaridan bo‘lgan omonatni yetkazguvchi va kerakli ma’noni tushunuvchi bo‘lgan edilar. So‘ngra, ular din borasida insonlarning eng sadoqatlisi, tabiatan eng musaffosi hamda soxta ko‘rinishlar va bid’atchilikka og‘ishishdan eng yiroqlari bo‘lgan edilar. Yuqorida sanab o‘tilgan ana shu jihatlar e’tiboriga ko‘ra, ular insonlar orasida ularga nisbatan qalb xotirjam bo‘lishi va ishonishga eng loyiqrog‘i bo‘lgan edilar. Salafi solihlarning yo‘li to‘g‘ri yo‘l, ularning davri esa eng yaxshi davr hisoblanadi.

Keyinchalik “salaf solihlarga ergashish” shiorini niqob qilib olgan, mutaassib ko‘rinishdagi soxta salafiylar paydo bo‘lganligi juda xavotirli holdir. Islom dinining asl tushunchasi va amaliyotini anglab yetish maqsadida musulmonlarning asrlar davomida shakllangan diniy va dunyoviy ilmlari borasidagi malakasini rad etish soxta salafiylar konsepsiyasining asosi hisoblanadi. Ular musulmonlarni diniy, ma’naviy, ijtimoiy va siyosiy yo‘nalishlarda islom dini paydo bo‘lgan zamonga qaytarib, ularning e’tiqodlarini hozirgi voqe’lik, tarix, aqida, huquqshunoslik va qolgan barcha sohalarda erishilgan natijalardan “oqlash”ni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar. Soxta salafiylar har qanday yangilikni bid’at deb hisoblaydilar, fiqhiy mazhablarni inkor qiladilar, tasavvufni tan olmaydilar, musulmonlarni turli bahonalar bilan kofirga chiqaradilar. Soxta salafiylarning fikricha, salafi solihlar davri ya’ni islomning ilk uch asridan so‘ng musulmonlar orasida shirk, bid’at va xurofotning turli shakllari avj oldi, Shunday ekan, diniy, intellektual, ijtimoiy, siyosiy nizolarning barchasi salafi solihlarga ergashmaslikning natijasidir, deb ta’kidlaydilar.

Shuningdek, “salafiylar” Qur’on va Sunnatni tushunishda faqat salafi solihlarga ergashishimiz lozim deb hisoblaydilar. Qur’on va sunnatni hech qanday tafsirsiz, salafi solihlar tushuntirganidek qabul qilishimiz kerak deb da’vo qiladilar. Bir qarashda ularning da’volari juda beg‘araz va o‘rinlidek tuyuladi. Chunki soxta salafiylar masalaga juda jo‘n va sodda yondashadilar. Har bir masalani faqat Qur’on va hadis asosida hal etish lozim deb ta’kidlaydilar. Bu esa islom dini tarixi, shariat manbalari va nihoyat fiqh va uning metodologiyasi haqida atroflicha xabari bo‘lmagan oddiy inson uchun eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lib ko‘rinadi. Lekin masalaga chuqurroq yondoshadigan bo‘lsak, bu da’volarning noo‘rin ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Manbalarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, salafi solihlarning o‘zlari ham shaxsiy va hayoti tajribalaridan, zehn va idrok qilish qobiliyatlaridan kelib chiqib, bir masalani tushunishda turli hil yondoshganlarini ko‘rishimiz mumkin. Chunki ilk islom davrida Qur’on va Sunnatni tushunish bo‘yicha yagona bir maktabning o‘zi yo‘q edi. Soxta salafiylar salafi solihlarga ergashishni da’vo qila turib, Ahli sunna va jamoa mazhab imomlarini tan olmasliklari ularning aynan “salafi solihlar”ga nisbatan tuhmatlarini bildiradi. Yuqoridagi hadisga asoslanadigan bo‘lsak, Ahli sunna val jamoa yo‘nalishidagi barcha imomlar yashagan davrlariga, hamda mujtahidlik darajalariga ko‘ra aynan salafi solihlar hisoblanishadi. Xususan, imom Abu Hanifa (r.a.) yashagan davrlarida 4 ta sahobiy hayot bo‘lganliklari haqida manbalardan bilib olishimiz mumkin, ular: Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Abi Avfa al-Ansoriy, Abu at-Tufayl Omir ibn Vosila hamda Sahl ibn Sa’d as-Sa’idiy(r.a.)lardir.

Xulosa qilib aytish mumkinki, “salafiylik”, har qanday holatda ham, tarixda qolgan davr bosqichi ma’nosidan boshqa narsani bilidirmaydi. Bordiyu “salafiylik”dan uni xohlagan kishi qabul qilib, uning a’zosi bo‘laveradigan, o‘ziga xos muayyan yo‘lga ega bo‘lgan islomiy jamoatni nazarda tutilayotgan bo‘linsa, u holda bu ish Payg‘ambar(s.a.v.)dan so‘ng yangi paydo bo‘lgan bid’atlardan biri hisoblanadi.

 

 

Muallif: Toshkent islom universiteti “Islom tarixi va falsafasi” fakulteti “Dinshunoslik” yo‘nalishi bitiruvchisi Rashidov Raufjon

2soglombola