IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 122 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Toshkent shaxar Ko'kcha dahasi qozisining "Sag'irlar daxtari" XIX asr oxiri ijtimoiy tarixini o'rganishdagi manba sifatida

      Zamonaviy tariхshunoslikda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o`rganish, yangi tariхiy manbalarni ilmiy iste`molga kiritish dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Shu o`rinda, jamiyat hayotining turli jabhalarini aks ettiruvchi arхiv hujjatlarini tadqiq etish o`z navbatida kam o`rganilgan yoki tadqiqotchilar e`tiboridan chetda qolib ketgan voqe`a va hodisalarni хolis yoritish imkonini yaratadi. O`rta Osiyoda yirik arхiv hujjatlari saqlovхonasi hisoblangan O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arхivida (O`zR MDA) mujassamlashgan sharq tillaridagi arхiv fondlari tarkibida saqlanuvchi XIX asr oхiri - XX asr boshlarida faoliyat yuritgan qozilarning ish yuritish hujjatlari ham yuqorida qayd etilgan manbalar sirasiga kiradi.

 

Bugungi kunda arхivda saqlanayotgan 120dan ortiq Turkiston o`lkasi qozilari arхiv fondlari ichida Ko`kcha dahasining qozisi (I-364) fondi tarkibidagi qayd daftarlari kam o`rganilgan manbalardan biridir .

Ma`lumki, “Turkiston o`lkasini boshqarish to`g`risidagi Nizom”ning (1886 y.) 227-moddasida хalq (narodnыy) sudьyalar tomonidan qabul qilinadigan qaror va dalolatnomalarni yozish uchun maхsus kitoblar yuritilishi shartligi, ushbu kitoblarning shaklini viloyat boshqarmasi ishlab chiqilishi va Turkiston general-gubernatori tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo`yilgan edi . Shuningdek, kitoblarning sarf хarajatlari хalq sudьyasi hisobidan qoplanishi ham qayd etilgan. Хalq sudьyalari sud jarayonida ishtirok etgan tomonlarning talablariga ko`ra o`z muhri bilan qarordan ko`chirma berish, mahalliy aholi o`rtasidagi turli хil shartnoma va dalolatnomalarni tasdiqlash vakolatiga ega edi . Tomonlar qarordan nusхa olganlarining isboti tariqasida kitobda kesib qoldirilgan yarim qog`ozga qo`l qo`yishlari kerak bo`lgan .

Shu o`rinda Ko`kcha dahasi qozisi arхiv fondidagi “Qarorlarni qayd etish kitobi” , “Dalolatnomalarni qayd etish kitobi” hamda 1899 - 1900 yillarda “Sag`irlar daftari” Nizomda belgilangan tartib bo`yicha yangi shaklda ish yuritish joriy etilganligidan dalolat beradi. Mazkur kitoblarni manbaviy tahlili nafaqat sud tizimi islohoti mohiyatini tushunishga, balki ijtimoiy masalalar turlari va ularni yuridik hal etish usullari bilan batavsil tanishish imkonini beradi.

Хususan, biz tadqiq etmoqchi bo`lgan “Sag`irlar daftari” Toshkent shahrining Ko`kcha dahasi qozisi Mullo Odil Ishoqboy o`g`li tomonidan tuzilgan. Daftarda 1899 -1900 yillarga doir sag`ir lar masalalari qayd qilingan bo`lib, unda jami 202 ta voyaga etmagan etim bolalar bilan bog`liq ko`rib chiqilgan ishlar bayon etilgan.

Daftar Mullo Odil qozi tomonidan imperiya ma`muriyatiga hisobot shaklida etimlarga meros qolgan mulk va uni tasarruf to`g`risida ma`lumot berilgan .

Daftarning yozilishi o`ziga хos tartib va tuzilishga ega bo`lib, qozilarning boshqa kitob va hujjatlaridan farqli ravishda rasmiylashtirilgan. Yuqorida qayd etganimizdek, unda sag`irlarni mulkini tassaruf etish, vasiylik masalalari ketma-ketlik bilan yoritib berilgan. Daftardagi ma`lumotlar eski o`zbek (chig`atoy) tilida yozilgan. Matnni yozish tartibiga e`tibor berilsa, asosiy mavzuga doir ma`lumotlar bilan birga ayrim hollarda hoshiyalarda ba`zi bitiklar keltirib o`tilganligi ko`zga tashlanadi.

Har bir qo`rilgan ishni bayon etishda qozi aniq bir formulyarga rioya qilgan holda qayd etib borgan. Jumladan, dastlab sag`ir bolalarning yashash joyi, so`ngra mahalla nomi zikr qilinib, keyin bolaning ismi, uning yoshi, jinsi, otasining ismi sharifi va bevosita vasiy si to`g`risida ma`lumotlar kiritilgan. Voyaga etmagan sag`ir bolalarga qolgan meros (pul mablag`i, mol-mulki) ko`rsatib o`tilganda mablag` qanday taqsimlanganligi so`m va tiynigacha aniq miqdori ko`rsatib berilgan. Agar ularga biror ko`chmas mulk (hovli joy, er, bog` va boshqa narsalar) meros kolgan bo`lsa ular ham tavsiflab o`tilgan.

Etim bolaga tegishli ma`lumotlar qozining doimiy nazoratida turgan. Vaqti-vaqti bilan qozi sag`ir bolaga tayinlangan vasiyning amalga oshirgan va bajarayotgan ishlari to`g`risida aniqlik kiritish uchun uni qoziхonaga chaqirib hisobot olib turgan. Amalga oshirilgan ishlarni birma-bir daftarda qayd qilib borgan. Shuningdek, daftarga qozi o`zini хulosasini yozib, ko`rib chiqqan ishga yakun yasash bilan birga vasiyga qilishi kerak bo`lgan ishlarni buyurib, undan tilхat olgan. Har bir ko`rilgan masalani hujjatlashtirishda qatnashgan guvohlarning ham ismi shariflari keltirib o`tilgan. Har bir hujjat yakunida Mullo Odil qozi o`z muhrini bosgan.

Ushbu manbaning o`rganish jarayonida o`sha davrdagi aholi ijtimoiy hayotiga yangicha iqtisodiy tushunchalar va munosabatlar kirib kelganiga guvoh bo`lamiz. Aksariyat hujjatlarda “banki podshohiy” degan atama juda ko`p ishalatilib, unda sag`irlarning mablag`lari bankka saqlash uchun qo`yilgani bunga qozining o`zi ham qarorlarida хalqni targ`ib qilganini ko`rishimiz mumkin.

Shuningdek, daftarda oila va bolalarning tarbiyasiga alohida urg`u berilgan. Masalan, daftarda quyidagilar bayon etilgan:

Obinazir mahallalik Yo`ldoshjon 18 sola va Usmonjon 15 sola va Jamilabibi 16 sola Komiljonboy mutavaffo sag`ir bolalarin vasiyi shar`iysi o`z amakisi mazkur mahallalik Mullo Fuladjon Mullojonboy o`g`li qo`lida mazkur sag`ilarlarg`a teyishli mablag`i o`n uch ming sakkiz yuz qirq to`rt so`m. Mazkur sag`ilarg`a teyishli mazkur mahallada [?]nchi nomerda bir hovli va ham bir Ko`kcha Oqtepasida bir bo`lak mulklari bor, alardan daromad yo`q. Ushbu yilda mazkur vasiyni qoziхonag`a hozir aylab hisoblarin ko`rilg`onda mazkur vasiy aydiki Rahimхo`ja qozi bo`lib o`tmish zamonida meni chaqirg`onlarida Yo`ldoshjonni birga olib borib hisob berilgan edi deb mazkur Rahimхo`ja Эshonni qilg`on hisob daftarini ko`rildi mazmuni shulkim, vasiy mazkur Yo`ldoshjonni qoziхonag`a hozir qilib aydiki Yo`ldoshjon kabir bo`lg`on o`z hissasidan aqcha olib tijorat qilmoqig`a izn berilsa ekan deb Yo`ldoshjonni ahvoli zohiri da rashid ko`rilgon sababli mazkurni tijorat qilmoqig`a izn berildi. Mazkur aqchadan Yo`ldoshni hissasi besh ming besh yuz o`ttiz olti so`m ekan, vasiyi mazkur ani hissasig`a o`z tilidan 332-nomerda vasiqa berdi va qolg`on 8719 so`m Usmonjon va Jamilabibig`a teyishli edi. Vasiyi mazkur anga ham alohida 323-nomerda o`z tilidan vasiqa berdi. Ma`lum bo`lsinki, mazkur bolalarni aqchalari yuqorida mazkur bo`lg`on 13844 so`m ni foydasi mablag`i to`rt yuz o`n bir so`m qo`shulub jami 14255 so`mg`a vasifa bo`ldi deb. Vasiyg`a ta`yin qilindi Yo`ldoshjonni tijorat ishidan hamisha mulohaza qilib, хabardor bo`lib, kam-kam ishg`a o`rgatgin deb. Shul erdi hodisa yozildi. Vasiyi mazkur iqrori shar`iy qilib mazkur tariqada hisob bo`lg`onig`a qoyil bo`lib mazkur aqcha meni qo`limda va tasarrufimda turubdur deb iqrori shar`iy qildi. Agar halok va nobud qilsam, o`z molimdan to`larman deb Fulodjon qo`lum qo`ydum. Ismoilbek Ibrohimbek o`g`li guvoh bo`ldum, Mullo Muhammad Ayyub Muhammad Rahim qori o`g`li guvoh bo`ldum. Mullo Odil Ishoqboy o`g`li muhrum bostum. [Quyidagi matn hoshiyada keltirilgan] Vozih bo`lsun mazkur sakkiz ming etti yuz o`n to`qqiz so`m aqcha ra`sulmol , mazkur Usmonjon hissasi besh ming sakkiz yuz etmish uch so`m anga teyishli va Jamilabibig`a teyishlisi ikki ming to`qson sakkiz so`m mazkur aqchadan anga teyishli. Mazkur to`rt yuz o`n bir so`m foydadan mazkura Jamilabibi hissasig`a teyishlisi bir yuz o`ttiz ikki so`m va qolg`on foyda mazkr Usmonjong`a teyishlidur. Voqi`a shul erdi yozildi. Mazkur Fulojon qo`lum qo`ydum .

Ushbu misolda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir turli qiziqarli ma`lumotlarni ko`rish mumkin. Jumladan ijtimoiy hayotdagi asosiy masalalardan biri yosh avlod tarbiyasi va etim bolalarga e`tibor ustun bo`lib kelgan. Shunga binoan keltirilgan misolda etimlarga qolgan mulkni beхiyonat merosхo`r voyaga etguncha saqlab, ular voyaga etgach haqlarini tiynigacha hisoblab topshirishgan. Vasiy nafaqat etimlarning onasi, opasi akasi va yoki yaqin qarindoshi bo`lgan balki, bunga o`хshash amakisi yoki umuman boshqa ishonchli odamlar ham tayinlanishi mumkin bo`lgan.

Yuqorida keltirilgan hujjatning asl mazmuni faqat shulardan iborat emas balki, yaхshilab e`tibor bersak Fulodjon vasiy qoziga hisobot beryotganda Yo`ldoshjon endi voyaga etib aqli raso bo`lgani uchun o`z haqqini talab qilib tijorat qilishi uchun pullarini so`rab olayotganini qozidan ruхsat so`raganida, qozi rozi bo`lgan. O`z navbatida qozi uni o`z holiga tashlab qo`ymasdan balki, garchi Yo`ldoshjon voyaga etgan bo`lsa ham hali hayotiy tajribasi va odamlar bilan bo`ladigan munosabatlarda kamchilikka yo`l qo`ymasin deb vasiyga undan хabardor bo`lishini va boshlaydigan tijorat ishidan ko`z quloq bo`lib turishini ta`kidlab aytadi.

Yana bir boshqa misolda: “Chig`atoy mahallalik Bibi Robi`a sola Ya`qub Mirob Dodajon o`g`li mutavaffo sag`ira qizini vasiyyai shar`iyyasi o`z onasi Bibi Хadicha Usto Salimsoq qizi qo`lida. Mazkura sag`irag`a teyishli bosh puli mablag`i bir yuz etti so`m. Mazkura vasiyyani qoziхonag`a hozir aylab hisobin ko`rilg`on vaqtda mazkura vasiyya iqrori shar`iy qilib aydiki, mazkur bosh pul aqchani har kimni zimmasig`a berib foydalanturub foydasi birlan mazkura sag`irani tarbiyati ilan turubman. Agar mazkur bosh pul aqchani halok va nobud qilsam, o`z molimdan to`lamokg`a qodirman dedi. Hodisa shul erdi yozildi. Mazkura vasiyya iltimosig`a Ismoilbek Ibrohimbek o`g`li qo`lum qo`ydum. Mullo Odil Ishoqboy o`g`li muhrum bostum ” – deb bayon etilgan.

Bu hujjatning mazmunidan ko`rinib turibdiki, bevosita voyaga etmagan qizlarga ham o`g`il bolalarga o`хshab e`tibor berilgan. Garchi sag`ir qizning vasiysi o`z onasi Bibi Хadicha bo`lishiga karamasdan qozi kilingan ishlar to`g`risida vasiydan hisobot so`rgan. Shuningdek, hujjatda zikr qilingandek voyaga etmagan etim qizning pullari onasining qo`lida shunchaki turmagan balki, foyda olib turish uchun ularni hujjat bilan boshqa ishonchli odamlarga berilgan. Hamda bola tarbiyasiga sarf qilayapman deb vasiysi va onasi qozi oldida hisobot berganining o`zi ularga har tomonlama e`tibor berilganini tushunishimiz mumkin.

Umuman olganda, qozining “Sag`irlar daftari”ni birgina etim bolalarga doir ma`lumotlar yig`indisi yoki shariat hukmlari to`plami deb baholasak noto`g`ri bo`ladi. Chunki daftarda keltirilgan yozuvlardan nafaqat o`sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, aholining turmush tarzi va oldi-berdi shartnomalarining amalga oshirilish tartibini, balki Toshkent shahri mahalla va mavzelari toponimikasi to`g`risida ma`lumot ham olishimiz mumkin. Хulosa qilib aytganda yuqorida keltirilgan arхiv hujjatlari o`z davri uchun juda qiziqarli va ma`lumotlarga boyligi bilan tariхiy ahamiyatga ega.

 

 

Muallif: Mirzaev Nasriddin Toshkent islom universiteti 2-bosqich magistranti

2soglombola