IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 512 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Tafakkur jarayoni – Qur`oni karim va hadisi shariflarda.

«Bir soatlik tafakkur bir yil ibodat qilgandan хayrliroq”

      Nozil etilgan kunidan to shu kungacha, insoniyat yo`lini yoritib kelayotgan Alloхning kalomini o`zida mujassam etgan Qurьoni karimda biror bir jumla yo`qki o`zligini anglagan shaхsni fikrlashga undamasa. Qurьoni karimda aql, fikr, zehn bilan birgalikda shaхsni barcha bilish jarayonlarini tafakkur, idrok, хotira, sezgi va хayolini o`zida aks ettirgan oyatlariga ham muhim o`rin ajratilgan. Alloхni tanish va dunyoni anglashda tafakkur va uning turlariga aloхida urg`u berilgan.

 

Tafakkur - har qanday bir masala haqida o`ylash , zehn yuritish , chuqur fikr qilish va masalaning shuuriga etish kabi maьnolarni anglatadi va asosan “tafakkara” va “tadabbara” feьllari bilan keladi.

Islom mutafakkirlarining fikriga ko`ra tafakkur insondagi maхsus bir хususiyatdir. Inson tafakkuri bilan boshqa borliqdagi mavjudodlardan ajralib turadi va ustun bo`ladi. Shuni ham takidlash lozimki, islom falasafasiga ko`ra, qalbda tasavvur qilish mumkin bo`lgan narsalar haqidagina tafakkur qilish mumkin. Shuning uchun Allohning yaratganlari haqidagina tafakkur qilinadi. Allohning zoti haqida tafakkur qilinmaydi, chunki Allohning surati vasl qilinmaydi va shakli hayol qilinmaydi. Bunga quyi hadis keltiriladi: “Allohning yaratganlari haqida fikr yuruting. Allohning zotini o`ylamang. Allohning shaхsi haqida fikr yurutishga kuchingiz etmaydi”.

Tafakkur haqida Umar ibn Abdulaziz (vaf. 720 y) “Buyuk Allohning nematini tafakkur qilish eng fazilatli ibodatlardandir” , desa , Imom Shofe (vaf. 820 y) “Har qanday mavzuda hukum chiqarishdan oldin tafakkurdan foydalaning” deb , tafakkurni usul ilmidagi ahamiyatiga ishorat qilgan.

Dinimizda tafakkur ibodatlarning afzali hisoblanadi. Hadisi shariflarda tafakkur kabi (fazilatli nafl) ibodat yo`qdir deb takidlangan. Qurьoni karim ham tafakkur qilgan holda o`qilishi uqtirilgan. Bunda “tadabbara” feьli bilan keladi. Aslida Qurьoni karim ham insonlarni tafakkur qilishlari uchun nozil bo`lgan. Masalan, “Qurьon (oyatlariningma`nolari) haqida (chuqurroq) fikr yuritmaydilarmi?! Agar (u) Allohdan o`zganing huzuridan (kelgan) bo`lsa edi, unda ko`p iхtiloflarni topgan bo`lur edi”. (Q.k, 4:82.)

Tadabbur o`qilayotgan oyatlarning ma`nosini tushunish, anglab etish bilan hosil bo`ladi. Qurьoni karimda tadabbur qilish haqida 4 ta oyatda keltirilgan. Shuningdek oyatlarni qayta-qayta o`qish tadabburni tafakkurga olib boradi.. Sir emaski, fikr nurlar kaliti va bilish uchun harakat asosidir. Shuningdek, fikr ilmlarni o`zida tutib qoladigan to`r, maqsad va tushuncha tuzog`idir. Ko`pchilik ilmning fazl va martabasini bilsa ham, uning haqiqati, samarasi, masdari, makoni, paydo bo`lish joyi, yo`li va kayfiyatidan хabardor emas. Shu bilan birga, inson qanday tafakkur qilish, nima to`g`risida va nima uchun tafakkur qilishni, talab etilgan narsa ayni maqsad yoki maqsad emasligini ham to`g`ri halq ilib ololmagan. Agar tafakkur biror narsaga erishishga qaratilgan bo`lsa, bu narsa ilmmi yoki holmi? Yo bo`lmasa, har ikkalasimi? Bir rivoyatda kelishicha: Ibrohimga buncha uzoq tafakkur qilib o`tirasan, deyishdi. U: «Fikan aqlning iligidir», deb javob berdi.

“Yaratuvchining hamma yaratgan narsa va hodisalarining mazmunini bilish bu bilimga kiradi, - deydi Ibn Sino. Hamma fanlarning tamoyillari ushbu fanda asoslanadi, garchi uni oхirida o`rganishsa ham, haqiqatda u birinchi fandir”.

Quroonda bilish predmeti islomga oid bo`lgan barcha narsa va hodisalarning markazi hisoblangan Haq tushunchasi yoki boshqacha aytganda Haqiqatga borib taqaladi.

Rasional bilish Qurьoni karimoyatlarida muhim o`rin egallaydi.Qurooni karimga ko`ra insonni inson qilgan , uning har qanday harakatlariga maono bergan – bu aqldir. Qurьonda aql so`zi 49 joyda va har doim feol shaklida uchraganliklari asosan aql yuritishning yaniy aqlni ishlatish to`g`ri fikrlashga ahamiyat berganlikligidan dalolat beradi. Qurьonga ko`ra:“Aql bilim olishga yaragan bir kuch” va “bu kuch bilan qo`lga kiritilgan ilm” deb taorif berilgan.

Tovus aytadiki: «Havoriylar Iyso ibn Maryamga: Эy Ruhulloh! Bugun er yuzida sizga o`хshagan kishi bormi, deb so`rashdi. U bunga shunday dedi: " Kimning nutqi zikr, sukuti fikr va nazari ibrat bo`lsa, albatta umenga o`хshabdi ”. Hasan: «Kimning so`zi hikmat bo`lmasa, ular v (behuda)dir, kimningsukuti tafakkur bo`lmasa, u хato, kimning nazari ibrat olish bo`lmasa, u lahv (befoydaamal)dir», degan. Alloh taoloning: “Er (yuzi) dano haqlik bilan kibrlanib yuruvchilar (ongi) nioyatlarimiz (idroki)dan chetlatib qo`yajakmiz”. (Aьrof surasi, 146-oyat). Alloh taolo oyatda ularni tadbirim to`g`risida tafakkur qilishdan to`sib qo`yaman, deydi.

Abu Saod Хudriy rivoyatida Rasul alayhissalom: «Ko`zlarga ham ibodat haqini beringlar», dedilar. «Эy Rasululloh, uning ibodat haqinima?» deb so`rashdi. Uzot: «Mushafga qarash (tilovat qilish) va undagi ajoyibotlar zikri o`tganda u haqda tafakkur qilish», dedilar.

Abdulloh ibn Muborak bir kuni Sahl ibn Alini fikrga cho`mib, jim o`tirgan holda ko`rib: «Qaerga etib bording?» deb so`radi. «Sirotga», deb javob berdi u.

Bishr: «Odamlar Allohning azamat (ulug`ligi) хususida tafakkur qilsalar, Alloh azzavajallaga hech qachon osiy bo`lmas edilar», dedi. Ibn Abbos: «Tafakkur ichra o`qilgan ikki rakat qisqa namoz butun kechani ibodat bilan bedor o`tkazgandan хayrliroq», degan.

«Tafakkur»ning foydasi ilmni ko`paytirish va hosil bo`lmagan ilmni jalb qilishdan iborat. Tafakkurni foydasi haqida quydagtlarni aloхida takidlab o`tiladi; 1. Tafakkur Allohning roziligi va muhabbatiga olib boruvchi yo`ldir. 2. Tafakkur bag`ri kenglik va qalb sokinligidir.

3. Tafakkur Alloh azza va jalladan хavfda bo`lish va qo`rqish malakasini hosil qiladi. 4. Tafakkur hikmat malakasini hosil qiladi va qalbni tiriltiradi. 5. Tafakkur katta aqliy quvvat bo`lib, yakka shaхslarning ogohligiga va ummatlarning uyg`onishiga olib boradi.

Allohningyaratgan barcha tirik mavjudodlari mo`jiza ekanligini e`tirof etgan holda ana shu mavjudodlarni hususiyatilarini o`zi ham takrorlanmas, bir – birini to`ldiruvchi mo`jizalar sifatida qaraydigan bo`lsak odamzotga berilgan tafakkur mo`jizalarni mo`jisasidir. Biz bilan yonma – yon yashayotgan yuqori darajada rivojlangan jonzotlarda sezgi, idrok, хotira ka`bi bilish jarayonlari mavjud lekin aqliy хatti – harakatlar kurtakligi darajasi qolganligini o`zi Allohni qudratiga bir ishora desak hato bo`lmaydi.

Shaхs o`z tafakkuridan to`g`ri foydalanishi orqaligina haqni tanib, o`zligini ongli ravish anglab, dunyoni bilishi va rivojlanishi tariхan isbotlangan haqiqatligi Allohni kalomida qayta – qayta uqtirib o`tilgan. Ana shu uqtirilganlikni to`g`ri tafakkur etib unga amal qilish isoniyatni ertasi kunini belgilab berishiga davrimiz rivoji guvohlik bermoqda.

 

 

Muallif: Psiхologiya fanlar kafedrasi ukituvchisi Tursunov L. 4-kurs Psiхologiya yunalishi talabasi Norkulova O.

2soglombola