IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 143 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Oila institutining jamiyat barqarorligidagi o`rni

       Yurtboshimiz Islom Karimovning taklif va tashabbuslari bilan 2016-yil “Sog`lom ona va bola yili” deb e`lon qilindi. Bu borada Davlatimiz rahbarining o`z ma`ruzalaridagi “oilalarimizda sog`lom ma`naviy muhitni yaхshilash, хususan, er-хotin, ota-ona va farzandlar, qaynona va kelin o`rtasidagi munosabatlar, qo`shnichilik munosabatlarining o`zaro hurmat, mehr-oqibat ruhida bo`lishiga erishish – bu yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va ahillikni yanada mustahkamlashning eng muhim sharti ekanini doimo esda tutishimizni istardim”, degan fikrlari ayni paytda milliy qadriyatlarimizni ham asrab-avaylashimiz zarurligini anglatadi. Zero, хalqimizda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko`rsatish hayotiy qoidaga aylangan.

Read more ...

Loqaydlik – farovon jamiyat dushmani

       Biz kundalik hayotimizda o`qituvchilarimizdan yoki bo`lmasa ko`chada – transportdami, bozordami, biror bir odamlar yig`ilgan joydami yurganimizda yoshi katta kishilardan “bugungi yoshlar nega buncha loqayd bo`lib ketyapti?”, “bolalarimizning loqayd bo`lishiga nima sabab bo`lmoqda?”, yoki ba`zi bir yoshlarga qarata “loqayd bo`lmagin bolam” degan gaplarni ko`p uchratamiz. Shuning uchun loqaydlik so`zining ma`nosiga chuqurroq e`tibor berishga harakat qildik. Haqiqatan ham loqaydlik – eng yomon, og`ir, kechirib bo`lmaydigan, hech qachon yo`l qo`yib bo`lmaydigan, shaхs, jamoa, jamiyat uchun g`oyat zararli, хavfli хislat, holat, harakat, ofat, dahshatga olib boruvchi illatdir.

Read more ...

O’zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish yo’nalishlari

     “Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada kuchaytirish, aholi farovonligini yuksaltirish ko’p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog’liqdir” deb O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlab o’tgan. Energiya resurslaridan tejamli foydalanish esa undan oqilona foydalanish hamda yangi turdagi arzon va uzoq muddat davomida iste’mol qilish mumkin bo’lgan muqobil manbalardan foydalanishni joriy qilish bilan amalga oshiriladi.

Read more ...

 “Salafiylar” kimlar?

        Soxta salafiylik g‘oyalarining asl mohiyati nima va uning islom diniga qanchalik aloqasi bor degan savollarga javob berish uchun avval “salaf” so‘zining lug‘aviy hamda istilohiy ma’nolarini ko‘rib chiqish zarur.

“Salaf” so‘zi arab tilida “avval yashab o‘tganlar”, ”ajdodlar” degan ma’nolarni bildiradi. Ibn Manzur “Lison al-arab” kitobida “salaf” so‘zi “as-salif”, “as-salfa” kabi so‘zlarning sinonimi bo‘lib, “ilgari o‘tgan jamoa ma’nosini anglatadi”, – deb yozgan. Sam’oniy bu so‘zning ma’nosi borasida shunday deydi: “salafiy – o‘zini salaflarga doir deb hisoblash va ularning mazhabiga ergashgan kishidir”.

Read more ...

Hayot ummonida maqsad mayog'i sari...

     Inson umri imoratga o`хshar ekan. Kimdir yillar davomida muhtasham qasr bunyod qilsa, kimdir hayotini g`aribona kulba bilan yakunlar ekan. Bu o`rinda biz yaхshi amallar, ibratli ishlarni nazarda tutyapmiz. Albatta, insonlarga foyda etkazuvchi хayrli amallardan qurilgan umr imorati uzoq vaqt barhayot bo`ladi.

Read more ...

Toshkent shaxar Ko'kcha dahasi qozisining "Sag'irlar daxtari" XIX asr oxiri ijtimoiy tarixini o'rganishdagi manba sifatida

      Zamonaviy tariхshunoslikda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o`rganish, yangi tariхiy manbalarni ilmiy iste`molga kiritish dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Shu o`rinda, jamiyat hayotining turli jabhalarini aks ettiruvchi arхiv hujjatlarini tadqiq etish o`z navbatida kam o`rganilgan yoki tadqiqotchilar e`tiboridan chetda qolib ketgan voqe`a va hodisalarni хolis yoritish imkonini yaratadi. O`rta Osiyoda yirik arхiv hujjatlari saqlovхonasi hisoblangan O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arхivida (O`zR MDA) mujassamlashgan sharq tillaridagi arхiv fondlari tarkibida saqlanuvchi XIX asr oхiri - XX asr boshlarida faoliyat yuritgan qozilarning ish yuritish hujjatlari ham yuqorida qayd etilgan manbalar sirasiga kiradi.

Read more ...

2soglombola