IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 435 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

"Ommaviy madaniyat" – madaniyatsizlikdir

        Dunyodagi har bir xalqning o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari milliy qadriyatlari bor. Muayyan zaminda kurtak ochib, necha yuz yillar davomida shakllangan va sayqal topgan ma’naviy mezonlar shu millatning, shu xalqning bebaho boyligi hisoblanadi. Hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan texnika va texnologiyalar, globallashuv jarayonlarida bunday boylikning mohiyatini yanada chuqurroq anglash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bugun keskin tus olayotgan “ommaviy madaniyat” ham ma’naviy tahdidlardan biridir.

Zamonaviylik, tezkor taraqqiyot bilan hamqadam bo‘lish yoshlarimizning hayot tarziga aylanib bormoqda. Albatta, bu quvonarli hol. Chunki bir necha tilda bemalol so‘zlasha olish, internet olamiga kirib dunyo yangiliklaridan boxabar bo‘lish imkoniyatining mavjudligi ularning bilimi, dunyoqarashi kengayayotganidan darak beradi. Biroq globallashuv jarayonlarida turli g‘oyalar kurashi, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar tobora avj olayotgani sir emas. Bugun arzimasdek tuyulgan kichik xabar ham odamlarning, ayniqsa yoshlarning hayotini o‘zgartirishga qodir kuch bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda dunyoda demokratiya va erkinlik, oshkoralikning “yagona standart”ini zo‘r berib targ‘ib qilayotgan buzg‘unchi kuchlar insonlar ongiga ta’sir ko‘rsatishning turli yo‘llaridan foydalanishga harakat qilmoqda. “Ommaviy madaniyat” ana shu yo‘lda juda muhim vazifani – inson ma’naviyatini yo‘qotish orqali uni bo‘ysundirishga xizmat qiladi. Ularning fikricha, har bir millat, mamlakatning milliy madaniyati, ma’naviyati va qadriyatlari “eskilik sarqiti” bo‘lib, ular “ko‘z-ko‘z” qilayotgan “madaniyat” esa inson huquqlarini cheklamaydigan, har kim erkinligidan bemalol foydalanishga asoslangan emish.

Shu o‘rinda bobokalonimiz Alisher Navoiyning quyidagi satrlari yodga tushadi:

Oldig‘a qo‘yganni yemak – hayvon ishi,

Og‘ziga kelganni demak – nodon ishi.

Bu so‘zlarni chuqur tahlil qilsak, har bir narsaga erkinlik beradigan “ommaviy madaniyat” niqobining tagidagi asl maqsad yaqqol ko‘rinadi.

Aslida “ommaviy madaniyat” soyasida kirib kelayotgan axloqsizlik, behayolik, zo‘ravonlik va buzuqlik kabi illatlar dunyodagi hech bir xalqning milliy madaniyatiga ham, umumbashariy qadriyatlarga ham to‘g‘ri kelmaydi. Xususan, bizning zaminimizda tug‘ilib o‘sgan, jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz qoldirgan meros bugun ham dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Xalqimizning go‘zal ma’naviy qadriyatlarga yo‘g‘rilgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo kabi tushunchalari hayotimizga singib ketgan. Ayniqsa, ota-onaga hurmat, ayolga ehtirom, mardlik va jasurlik singari tuyg‘ularimiz butun dunyo xalqlarini rom etib keladi.

Mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadi. Shu bois “ommaviy madaniyat” tahdidiga qarshi tura olish tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotir. Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida bu masalaga to‘xtalib, axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda, deya alohida ta’kidlaydi.

Bugun turli yo‘llar bilan, har xil “ezgu” niqoblar ostida “ommaviy madaniyat” mamlakatimizga ham tahdid solayotgani sir emas. Ayniqsa, jangari filmlar, yoshlarni soatlab o‘tirishga “majbur” qilayotgan kompyuter o‘yinlari beto‘xtov yovuzlikni targ‘ib etsa, bolasining otasi kimligini bilmasdan boshi qotib DNK tekshiruvini o‘tkazmoqchi bo‘lgan xonimlar haqidagi seriallar, internet olamida ayol va erkaklarga lazzatlanish haqida berilayotgan “eng yaxshi maslahatlar” fahsh hamda buzuqlik ko‘chasi sari chorlaydi.

Buning ustiga estrada san’atiga kirib kelayotgan ayrim yo‘nalishlar va qo‘shiqlar, kliplar, yaratilayotgan kinofilmlar, reklama roliklarida targ‘ib etilayotgan turlicha kiyinish va so‘zlashuv “madaniyati”, umuman hayot tarzimizga to‘g‘ri kelmaydigan holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani achinarlidir.

“Ommaviy madaniyat”ning eng xavfli tomoni – u to‘satdan kirib kelmaydi. Avvalo, juda kichik detallar, arzimas veqealar orqali odamlarni o‘ziga o‘rgatadi, ko‘niktiradi. Ana shunda 3-4 yoshdagi farzandimiz repper bo‘lib kuylasa ham, o‘g‘limiz qulog‘iga zirak taqib, qizimiz yirtiq shimni kiyganida ham “zamona zayli” deya beparvo bo‘lamiz. Qolaversa, farzandimizning zamonaviyligidan quvonamiz.

Mintaqamizdagi davlatlardan birida qandaydir nodavlat tashkilotining granti, “beg‘araz” ko‘magi asosida maktab o‘quvchilari uchun ko‘p ming nusxada darslik chop etildi. Bir qarashda bu xayrli tadbir ezgulikni, yoshlarning bilim olishini ko‘zlab amalga oshirilgandek. Lekin darslikning ichiga kiritilgan ayrim sahifalar, turli xulosayu tavsiyalar, erkinlik va demokratiya to‘g‘risidagi yondashuvlar murg‘ak yoshlar ongiga buzg‘unchi g‘oyalarni pinhona kiritishga qaratilgani kitob tarqalib bo‘lgandan keyingina aniqlandi.

“Ommaviy madaniyat”ni targ‘ib qilayotgan g‘arazli kuchlarga aslida hech qanday madaniyat va inson ma’naviyati, axloqiy qoidayu qadriyatlarning aslo keragi yo‘q. Ularning strategik reja va siyosiy maqsadlariga erishish, ayrim mamlakatlarning yer osti, yer usti boyliklariga ega bo‘lish, o‘z izmiga solish uchun bu bir vosita, xolos. Bir so‘z bilan aytganda hamma narsaga erkinlik nuqtai nazaridan qaraydigan “ommaviy madaniyat”ning asosiy maqsadi – odamning irodasini susaytirish, o‘zining hayotiga, atrofidagi odamlarga qarshi qo‘yish va oxir-oqibatda erkinligidan judo qilishdir.

Prezidentimiz Islom Karimov shu yil 9-may – Xotira va qadrlash kunida jurnalistlar bilan suhbatda qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat haqida fikr bildirar ekan, Afg‘oniston xalqini, uning tarixini, madaniyatini, diniy-milliy qadriyatlarini toptash emas, aksincha, hurmat qilish yo‘li bilangina turli millat va elatlarni bir-biriga yaqinlashtirish, u yerda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish mumkinligini alohida ta’kidladi. Ushbu fikrning o‘ziyoq xalqning ma’naviyatini mensimaslik, “ommaviy madaniyat”ni keng yoyish qanchalik ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini isbotlaydi.

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirgan holda barpo etilayotgan huquqiy va demokratik jamiyat qurish yo‘li bugun o‘zini to‘la oqlamoqda. Inson huquq va erkinliklari, fikrlar rang-barangligi, har bir halqning an’ana va qadriyatlariga ehtirom ko‘rsatish jamiyatimizning eng muhim tamoyillari etib belgilangan. Bunga munosib bo‘lish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy va ma’naviy merosni, mardlik va jasoratni allaqanday “ommaviy madaniyat”ga almashtirishga esa hech kimning haqqi yo‘q

O‘zA, Husniddin Berdiyev

2soglombola