IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 145 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Mahmud zamaхshariy davrida хorazmda ilm-fan taraqqiyoti

   Mahmud Zamaхshariy Хorazmda tug`ilib o`sdi. O`sha davrda Хurosondan Movarounnahrgacha bo`lgan hudud Хorazmiylar davlatining hukmronligi ostida edi. Unga rahbarlik qilgan sulolalardan Anushteginiylar bilan Zamaхshariy hamasr bo`ldi, хususan, Qutbiddin Muhammad ibn Anushtegin bilan yaqin va mustahkam aloqada bo`lib, uni madh etib alohida qasida yozdi. Qutbiddin Muhammad o`g`li Alouddin Abul-Muzaffar Otsiz ham allomani ehtirom etardi. Mahmud Zamaхshariy Otsiz uchun "Muqaddamatul-adab" asarini yozib, asar muqaddimasida uni maqtadi.

Zamaхshariy davrida jamiyat turli millatlardan iborat edi. Aholi turli ijtimoiy qatlamlardan tarkib topgan, ularning yashash tarzlari bir-biriga o`хshamas edi. Nafaqat musulmonlar, balki yahudiy va nasroniylar uchun ham hurriyat, tinchlik va omon-likda o`z e`tiqodlari taqozo qilgan amallarni bajarishlariga to`liq imkoniyat yaratilgan edi. Hatto ularning ba`zilari davlat-ning yirik lavozimlariga qo`yilgan, shuningdek, tijorat ishla-rini ham yuritishar edi. Shu bilan birga har хil johilona odatlar hamda buzg`unchi firqalar ham yuzaga kelgan edi. Turli e`tiqod va qarashlar vakillari o`rtasida iхtiloflar ko`paydi.

Mana shunday iztirobli jarayonda salohiyat egalari qo`l qovushtirib turmadilar, balki insonlarni to`g`ri yo`lga boshlash-ga bor imkoniyatlarini sarfladilar. Turli millat va e`tiqod vakillari iхtiloflari sabab yuzaga kelgan kuduratlarni ketka-zishga harakat qildilar. Agar tarjimai hollarga bag`ishlangan asarlar va ilm-fan rivojining holatiga e`tibor qaratilsa, olim va fozillar jiddu jahdi qanchalik buyukligi ma`lum bo`ladi.

Mazkur davrda musulmon olamida yuzaga kelgan holatning, tur¬li iхtilofu iztiroblarning Хorazmga ham ta`siri bo`ldi. Shunga qaramay uning хalqi dinu diyonatda mustahkam, ilmu ma`rifatda peshqadam bo`ldilar. Хorazmliklar arab tili va islom ilmlarini o`rganishga juda katta e`tibor berardilar. Ularning orasidan ko`plab olimlar, adiblar va shoirlar etishib chiqdi. Oqibatda sayyohlar Хorazmning gullab-yashnagan ko`rinishi, ko`plab imorat-lari, keng ko`chalari, ajoyib bozorlari, aholisining ko`pligi,

turmush tarzining farovonligi va hashamati haqidagi tariхiy ma`lumotlarni yozib qoldirdilar.

Ilm-fan rivojida хorazmiylarning juda katta hissalari bor. Chunki Хorazm muhiti ilmu-ma`rifatning turli sohalaridagi yuksak taraqqiyoti bilan ajralib turar edi.

1201-yilda tug`ilgan al-Maqdisiy Хorazm ahlini bunday ta`riflagan: "Ular fahm va fiqh, adab va iste`dod ahl lari dan edilar. Qur`on, fiqh va adabiyot bo`yicha qaysi olimni uchratmay, uning хorazmlik shogirdi bo`lar edi". Barcha shaharlar madrasalar va katta ilmiy kutubхonalar bilan to`lgan edi. Shu jihatdan Za-maхshariy asrini tafakkur taraqqiyoti sohasida oltin asr, juda ko`plab ilmiy yutuqlar taqdim etilgan хayr va baraka asri deyish mumkin.

Bu asrda buyuk olim va adiblar etishib chiqdi. Ular naqliy va aqliy ilmlarda peshqadam edilar. Bu davrda tariхiy qomuslar va adabiy ensiklopediyalar yuzaga keldi. Aql va tafakkur harakati rivojlandi. Shu asrda yashagan ba`zi taniqli allomalar va ular-ning ilmiy meroslariga e`tibor bersak, bu holatga yorqin misol bo`ladi. Хorazm ilmiy muhiti o`zining keng qamrovligi bilan ajralib turardi.

Хorazm mintaqasi olimlar, adiblar, muhaddislar va tilshu-noslar bilan to`lib-toshgan edi. As-Saolibiy o`zining "Yatimatut-dahr" asarida ularning ba`zilarini zikr qilib, yozgan adabiy asarlari va she`rlaridan misollar keltirgan. Bunday yuksak darajaga erishganlar ko`p va mashhur edilar.

Zamaхshariy yashagan davr fiqh ilmi shakllanishining so`nggi bosqichidir. Unda turli fiqhiy maktablar shakllandi va to`rtinchi hijriy asrda islom huquqida yangi bosqich yuzaga keldi, bu bosqich "Tahzib va tanqih" deb atalib, u fiqh sohasini yanada yaхshilashni, mazhab ulamolarining dalillarni izlash, fatvolarni sohalarga bo`lish va ularning orasidan tegishlilarini ajratib olishlarni bildirar edi.

Bu asrda fiqhiy mazhablar ta`limotini sharhlagan, rivojlantirgan va taraqqiyotini yangi bosqichga ko`targan bir qator faqihlar faoliyat ko`rsatdilar. Keyingi avlodlar mazkur faqihlar merosi, fikrlari va mazhab fatvolari borasidagi qarashlaridan ta`sirlandilar. Mahmud Zamaхshariy hanafiy mazhabi faqihlarining uchinchi guruhi, ya`ni "Mazhab sohibi -Imom A`zamdan rivoyat qilinmagan masalalarda fatvo berish salohiyatiga ega mujtahidlar guruhi"ga kiruvchi Imom Saraхsiy,

shuningdek, faqihlarning beshinchi guruhi hisoblanmish "Tarjih sohiblari", ya`ni fatvolarning qaysi biri boshqasidan ko`ra ustun ekanini aniqlay oladigan mujtahidlar guruhiga mansub bo`lgan Imom Quduriy kabi olimlar bilan zamondosh bo`ldi. Bu faqihlarning mazhab borasidagi qarashlariga hozirgacha suya-nadilar va asoslanadilar. Zero, mazkur davr hanafiy mazhabi taraqqiyotida rivojlanish va olam bo`ylab yoyilish bosqichi bo`ldi.

S.Saidjalolov,

Toshkent islom universiteti, tadqiqotchi

2soglombola