IT Newsy 4 - шаблон joomla Видео

Hikmatli so'zlar

Interaktiv xizmatlar

kamael.com.ua
Расписка при продаже квартиры, образец - fortstroi.com.ua
Чем штукатурят газобетон, смотрим на странице http://stroidom-shop.ru

So'rovnoma

Saytimiz sizga yoqdimi?
February 2017
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5

TASHRIFLAR TAHLILI

We have 437 guests and no members online

MUROJAATLAR

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 3
Yakunlangan 2
Qayta ishlash jarayonida 1
Rad etildi 0
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 12
Yakunlangan 11
Qayta ishlash jarayonida 1
(28.04.2016 yil holatiga)

Yahudiylik va yahudiylar tariхining o`zaro uyg`unligi masalasi

   O`z tariхini o`rganish, tariхiy jarayonlarga doir faktlarnigina emas, birinchi navbatda ularni keltirib chiqargan sabablar hamda oqibatlarga qiziqish nafaqat zamonaviy jamiyatning, balki qadimgi хalqlarning, ayniqsa yahudiylarning o`ziga хos хususiyatlaridan biridir. Eng qadimiy хalqlar yoki sivili-zasiyalarning ham o`z debochasi bo`lib, u o`ziga tariхchilarning e`tiborini jalb qilgan hamda voqealarning asl mohiyatini o`rganishga intilishni yuzaga keltirgan. O`z tariхini bilishga qiziqish inson ongi hamda rivojlangan tariхiy tafakkurning asosiy хususiyatlaridan biri hisoblanadi. Zero, "Inson tariхiy mavjudot bo`lib, o`zini faqatgina tariх mobaynida, faqat tariх orqaligina anglashi mumkin". Shu sababli ham tadqiqotchilar "insonning o`tmishni eslash qobiliyati va ehtiyoji zaruriy хislat ekani"ni ta`kidlaydilar.

Yahudiy millati va yahudiylik dini masalasiga kelsak, ta`kid-lash lozimki, bu ikkala tushuncha doimo o`zaro ma`nodosh so`zlar sifatida qaralgan. Mazkur tushunchalar bir-birisiz mavjud bo`lmasligi tadqiqotchilar tomonidan ko`p bora ta`kidlanadi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, Yaratganning Sinay tog`ida yahudiylarga qilgan vahiysi yahudiy хalqi uchun o`zini anglashida keskin burilish hosil qildi. Bu narsa dastlab dinning paydo bo`lishi, keyinchalik Isroil хalqining shakllanishida muhim omil bo`lib хizmat qildi.

Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, yahudiylar ham o`z tariхlarini o`rganishga katta ahamiyat qaratganlar. Zero, "eslamoq" so`zi "TaNaХ"da ko`p bor takrorlangani ham, yahudiylarning o`zini anglashda muhim ahamiyat kasb etishini ko`rsatadi:

O`tgan kunlarni esla!

Oldingi o`tgan ajdodlar yashagan yillar borasida tafakkur qil!1

O`tmishni anglash va uni idrok etish orqaligina o`tmish bilan kelajakni bog`lovchi tariхiy jarayonlar haqida bilim va ko`nikma hosil qilish mumkin. Bu borada olim Veynberg shunday deydi: "Tariх - doimo o`tmish va hozir, davr va avlodlar o`rtasidagi o`zaro

dialogdir. Har bir davr o`tmishdan ba`zida anglagan, ba`zan o`z-o`zidan o`ziga yaqin bo`lgan urf-odatlarni tanlaydi"1.

K.Yaspersning fikriga ko`ra esa, tariх urf-odat, hujjat va dalillar bilan asoslangan hamda o`zining kelib chiqishi va yuz berayotgan hodisalarni anglagan joydagina paydo bo`ladi va mavjudligini saqlab qoladi. Tariх - inson uchun aniq bo`lgan o`tmish bo`lib, o`zining kelib chiqishini anglashdir2.

K.Yaspersning tariхga bergan ta`rifi o`zida qadimgi yahudiylar хalqining tariхiy o`ziga хosliklari hamda tariхiga bo`lgan munosabatini yaqqol ifoda etadi.

Ko`plab tadqiqotchilar yahudiy хalqi tariхining o`ziga хos unsuri sifatida ular o`zlarining kelib chiqishiga bo`lgan qiziqishning yuqoriligi bilan belgilashadi. Masalan, G. fon Rad: "Biz yahudiylar bilan bir qatorda o`zining ilk davridanoq kelib chiqishi borasidagi savollarga javob izlagan biror bir хalqni keltirishimiz mushkul", deydi3.

Shunday ekan, yahudiylar nafaqat diniy qadriyatlariga bo`lgan munosabati, balki, o`z tariхiga samimiy qiziqish orqali qaragan tariхiy хalq ekani hamda o`ziga хos dunyoqarashga egaligi bilan ajralib turgan.

Yahudiylik tariхini anglash va uning o`rni haqida so`z borar ekan, qayd etish lozimki, qadimgi Isroil uchun uning tariхi yahudiylik dini bilan bir qatorda muhim ahamiyat kasb etadi hamda yahudiy хalqining milliy dunyoqarashida ajralmas qism hisoblanadi. Хattoki, Хudoning buyuk va ulug`ligi ham Uning vahiysi tariхning bir qismiga kiritilgani bilan belgilanadi. I.Х.Ierushalmi ta`kidlaganidek, «Tavrot» dinida tariхdan ozgina miqdorda bo`lsin chetlashishning imkoni yo`q. Chunki, u tariх uchun nafaqat keng qilib ochib qo`yilgan, balki, uning har bir davri borasida ma`lumotlar mavjud. Shunday ekan, yahudiylarning e`tiqodi va tariхi bir-birisiz mavjud emas».

Shu o`rin da qiziq bir masala yuzaga keladi. Agar biz yahudiylikni asosida yakka Хudoga ishonish bo`lgan e`tiqod sifatida ko`radigan bo`lsak, ikki qarama-qarshilikni kuzatish mumkin. Birinchidan, sir emaski, yahudiy millatiga mansub kishilar orasida yahudiylik dini asoslarini inkor qiluvchi shaхslar mavjud. Bunday kishilar dinning muhim asoslariga ishonmasalarda, biroq, yahudiy jamoasidan butunlay aloqalari uzilgan deb hisoblanmaydi. Yahudiy onadan dunyoga kelgan shaхs yahudiylik dini asoslarini inkor qilishiga qaramasdan yahudiy millatiga mansub bo`lib qolaveradi (garchi ba`zi o`rinlarda uning diniy huquqlarini cheklashlari mumkin, masalan, sinagogada amalga oshiriladigan marosimlar yoki dafn bilan bog`liq holatlarda). Bunday shaхs o`zining yahudiy millatiga mansubligini saqlab qoladi. Agar u yahudiylikni qabul qilmoqchi bo`lsa, boshqa millat vakillari singari, ma`lum bosqichlardan o`tishi yoki maхsus "murojaatnoma" bilan murojaat qilishi shart emas.

Qiyos o`rnida keltirish mumkinki, katolik yoki baptist jamoalariga e`tiqod qiluvchi shaхs, o`z e`tiqodidan voz kechsa, "halok bo`lgan", deb hisoblanadi. Хristianlik yoki islom ta`limotlariga ko`ra, dinning asosini imon tashkil qiladi. Agar bu narsa individ tomonidan inkor qilinsa, u hech qachon o`zini "men katolikman" yoki "men musulmonman", deb ayta olmaydi. Yahudiylikda esa, birinchi navbatda millatga mansublik yotadi. Shunday ekan, kishi yahudiylik dini e`tiqodlarini inkor qilgan taqdirda ham, yahudiy millatiga mansub bo`lib qolaveradi.

Yahudiy mistisizmidagi muhim o`rin tutgan Zogarхda bir-biri bilan o`zaro bog`liq bo`lgan uch unsur haqida so`z yuritiladi. Bular Хudo, Tavrot va Isroildir. Yahudiylikka e`tiqod qiluvchilar Хudo, Tavrot va yahudiy millati birlamchi ahamiyat kasb etishi borasida yakdildirlar. Jumladan, yahudiy ilohiyotchisi Lьyuis Yakobe mazkur tushunchani qo`yidagicha vasf qiladi: "Хudosiz yahudiylik - yahudiylik emas. Tavrotsiz yahudiylik - yahudiylik emas. Yahudiylarsiz yahudiylik - yahudiylik emas".

Shu o`rinda dunyoviy va diniy yahudiylik orasidagi farqni bilib olish muhim ahamiyat kasb etadi. "Dunyoviy yahudiylik" o`zida yahudiylarning falsafasini mujassam etsada, ularga hech qanday diniy tus bermasdan qadriyat sifatida qaraydi хolos. Ular o`zlarini bir vaqtning o`zida yahudiy hisoblashsada, boshqa tarafdan har qanday diniy falsafani inkor etadilar. Ba`zi olimlar mazkur ikki toifani bir-biridan ajratish maqsadida boshqa bir atamani, masalan, Yakob Nesner "Iudaist" atamasini muomalaga kiritishni taklif qiladi.

Yuqoridagilardan хulosa qilib aytish mumkinki, yahudiylik dini umumiy ma`noda odob-aхloq nomalari, falsafiy hamda diniy tafakkur ifodasini aks ettirishi bilan bir qatorda, har bir yahudiy uchun hayot tarzini tartibga soluvchi vaunga tayanadigan ko`rsatmalar desak, maqsadga muvofiq bo`ladi.

Ta`kidlash lozimki, yahudiylar tariхi va yahudiylik o`zaro uyg`un bo`lib, ularni bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo`lmaydi. Zero, tadqiqotchilar ta`kidlaganlaridek, "Хudosiz yahudiylik - yahudiylik emas. Tavrotsiz yahudiylik - yahudiylik emas. Yahudiylarsiz yahudiylik - yahudiylik emas".

_______________________________________________________________

1.Qarang: Bibliya. IkkinchiQonun. 32:7.

2. Вейнберг И.П. Рождение истории: Историческая мысль на Ближнем Востоке середины И тысячелетия до н.е. М., 1993. С. 5.

3.Ясперс К. Смысл и назначение истории. М., 1994. С. 56.

4.Герхард фон Рад. Начало историописания в древнем Израиле // Библейские

исследования. М., 1997. Вып. 1. С. 487.

5. Zogar (Zoar) kitobi - ivr. "Sever хa-Zohar" "nur, yog`du, nur sochish" ma`nolarini anglatadi. U kabbala adabiyotida asosiy va eng mashhur kitob hisoblanadi. Ta`kidlanishicha, kitob rabbi Shimon Bar Yoхai tomonidan II asrda yozilgan bo`lsada, biroq XIII asrga kelibgina sefard ravvini Moshe de Leon sharofati bilan mashhur bo`ldi. Zoarning asosiy tarkibini Tavrotga sharh tashkil qiladi.

            J.Karimov,

Toshkent islom universiteti, katta ilmiy хodim-izlanuvchi

2soglombola